Osma shift ustalari va dizaynerlar uchun
Shiftni mijozga 3D'da ko'rsating — materialini ham aniq hisoblang
Armstrong, kassetali, grilyato va reykali shiftlar. Xonani qalam bilan chizasiz, 70 ta tayyor dizayndan tanlaysiz, shift qadam-baqadam yig'iladi, materiallar va otxodlar dona-donasigacha sanaladi.
Nimalar bor
Xonani qo'lda chizasiz — chiziqlar tekislanadi, ichki devorlar bo'yicha xonalarga ajratiladi. O'lchamlarni katakchalarga yozasiz.
Reyka yo'nalishlari, rang ritmlari, to'lqin va piramida balandliklari, konvert, elochka, parket, grilyato + reyka miks.
Har bir profil, plita, reyka, stringer, podves va LED soni. Kesishdan chiqadigan otxod bo'lak va foizi bilan.
Qadoqlar qaysi mashinaga necha qatnovda sig'ishi 3D'da ko'rsatiladi.
L, П, T, oval, erkin shakl, ustun va rigel, bir nechta xona — kesilgan plitalar devorga tekis.
Brauzerda ishlaydi, o'rnatish shart emas. Katta ekran rejimi bor.
Ko'rinishi



Narx
- Ro'yxatdan o'tganda 3 kun bepul — to'liq imkoniyat
- Barcha shift turlari, dizaynlar va hisoblar
- Bitta akkaunt 2 ta qurilmada
- Avtomatik yechib olinmaydi — xohlasangiz uzaytirasiz